Tarmoq tizimidagi “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasida 28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda korxona bosh mutaxassislari, sex rahbarlari va mehnat muhofazasi vakillari qatnashdilar.
Korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari R.T.Uzakov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.M.Abdullayev, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari A.N.Kosimov va mehnat muhofazasi vakillari, sex bo‘lim rahbarlarining ma’ruza va chiqishlari tinglandi. Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid muammolar va ularni yechimi yuzasidan fikr –mulohaza va savol-javoblar tashkil etildi. Ishtirokchilarga maxsus flayerlar tayyorlandi va tarqatildi.
Shundan so‘ng Madaniyat saroyining ijodiy jamoasi o‘z chiqishlari bilan tadbirni davom etirdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: