O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi 232-sonli «Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 2022-yil 19-sentabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ko’rsatib o’tilgan vazifalar, Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 27-oktabr kuni o’tkazilgan yig’ilishning 9-sonli bayonida keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab–quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo’ylab sayohat qilishlarini rag`batlantirish maqsadida joriy yilning 1-30-noyabr kunlari «Keksalar uchun turizm oyligi»ni yuqori saviyada o’tkazish belgilanganligini inobatga olib, «O’zkimyosanoat» AJ ning 2022-yil 9-noyabrdagi 12-770-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash, shu bilan bir qatorda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo’mitasining «Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etishga ko’maklashish to’g’risida»gi 6-41 «s»-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda «O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!»dasturi doirasida 24-25-noyabr kunlari korxonaning bir guruh ishchi-xodimlari uchun kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan yangi O’zbekistonning turizm darvozasiga aylanib borayotgan ko’hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: