“ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI ELEKTROMONTYOR” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Farg`onaazot” AJ korxonasida tashkil etilgan “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan tayyorlangan testlar orqali sinovdan o`tgan bo`lsalar, ikkinchi bosqichda esa amaliy mashg‘ulotlarda o‘z bilimlarini namoyon etdilar.

Tanlovda 18 nafar yosh mutaxassis elektromontyorlar ishtirok etishdi. Ulardan uchinchi o‘rinni mochevina ishlab chiqarish sexi elektromontyori Axmadali Abdusalimov, ikkinchi o‘rinni elektr ta’minoti sexi elektromontyori Qobiljon Sultonov hamda birinchi o‘rinni elektr ta’minoti sexi elektromontyori Abdulxamid Muhammadaliyevlar egalladilar.

Print Friendly, PDF & Email