O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish maqsadida tarmoq tizimidagi korxonalarda bir qancha tadbirlar tashkil etildi. Xususan, «Dehqonobod kaliy zavodi» АJda tilshunos olimlar, shoir-yozuvchilar bilan uchrashuvlar hamda “Tariximsan, taqdirimsan – ona tilim!» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida jamiyatda o’tkazilgan «Diktant yozish” bo’yicha ko’rik-tanlov g’oliblarini hamda Davlat tilida ish yuritish va oʼ’zbek tilini yanada rivojlantirish ishlarida yuqori ko’rsatkichga erishgan xodimlar rag’batlantirildi.
Tarmoq tizimidagi «Maxam-Chirchiq» АJ xodimlari milliy o’zligimiz va buyuk qadriyatlarimiz timsoli – oʼ’zbek tiliga bo’lgan yuksak ehtirom va hurmatlarini #onatilimfaxrim chorlovida namoyon etdilar.
Shuningdek, «Kimyogarlar» madaniyat saroyida «21 oktabr – O’zbek tili bayrami kuni» munosabati bilan «Qadring baland bo’lsin, ona tilim!» shiori ostida korxonaning bir qator faol xotin-qizlari ishtirokida she’rxonlik kechasi oʼtkazildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: