Farg‘ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 60 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali kechada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Odil Temirov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Farg‘onaazot”ning 60 yilligi bilan tabriklab, har bir viloyatda, shaharda shunday yirik korxonalar bo‘lishi, o‘sha hududda aholi bandligini ta’minlashning, iqtisodiy barqarorlik va farovonlikning eng katta kafolati ekanini ta’kidladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: