«Maxam–Chirchiq» AJning korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 17 avgust kuni korxonada mehnat qilayotgan ishchi xodimlarning 50 nafariga “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yurt Mustaqilligining 31 yilligi bayram munosabati bilan Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayoxat tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov nomidagi ilmiy – ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Toshkent Minor masjidi, «G‘alaba bog‘i» va «Shon-sharaf» davlat muzeyi ko‘rgazmalarini tomosha qilishdi va muqaddas joylarni ziyorat etishdi. Xodimlar katta taassurotga ega bo‘ldilar. 20 – 21 avgust kuni korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning 45 nafariga Farg‘ona vodiysi bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayoxat davomida sayoxatchilar ko‘xna va qadimiy Qo‘qon shaxrining diqqatga sazovor joylarini, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi madaniy me’ros ob’ektlarini, qadimiy yodgorliklar, masjid va madrasalarni, Rishton shahridagi kulolchilik markazi, Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” fabrikalari, Farg‘ona o‘lkashunoslik muzeyini noyob eksponatlari va boshqa ko‘rgazmalarini ko‘rish imkoniyaga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bayram munosabati bilan korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning 36 nafariga Respublikamizning tarixiy shahri “Ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlangan qadimiy Xiva bo‘ylab ziyorat va sayohat tashkil etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: