ISHCHI-XODIMLARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

         Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasining 60 nafar bo‘lim rahbarlari va yosh mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari tomonidan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quvda malaka  mashg’ulotlarida malaka oshirdilar.   Bir oy davom etgan mashg’ulotlar so‘nggida barcha tinglovchilar test sinovlaridan o‘tdilar. 

 “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining maslahatchisi S.Abdurahmonova, “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari A. Kosimov tomonidan o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar va “Davlat tilida ish yuritish” uslubiy-amaliy qo‘llanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email