Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq” Aksiyadorolik jamiyatida korxona jamoa shartnomasida belgilangan majburiyatlarni 2021-yilda bajarish bo‘yicha mehnat jamoasining onlayn-video Konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada 235 nafar saylangan delegatlar qatnashdi.
Kun tartibi bo‘yicha 2021-yilda jamoa shartnomasida qabul qilingan o‘zaro ikki tomonlama majburiyatlarning bajarilishining natijalari sarhisob qilinib, 2022-2024-yillar uchun yangi nashrga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi belgilandi.
Korxona Boshqaruv raisi X.A.Saydaxmedov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.M.Abdullayevlarning axboroti tinglandi.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uning yettita ustuvor yo‘nalishi mazmun-mohiyati va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Jamoa shartnomasida belgilangan bandlarni yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, bu borada korxonada amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi. Faollarga, mehnat muhofazasi vakillariga mehnatni muhofaza qilish qonun-qoidalariga rioya qilish, mehnat standartlarini tatbiq etish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berish ta’kidlab o‘tildi.
Yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini o‘stirish, o‘z yurti bilan faxrlanish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Jamoa shartnomalariga kiritilgan barcha imtiyoz va kafolatlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Korxonaning “Madad” nafaqadorlar uyushmasi a’zolari – faxriylariga, yoshlarga, hamda ayollarga ham alohida e’tibor berilgani ta’kidlab o‘tildi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan muzokaralar olib borildi va korxona hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qilingan ishlar bo‘yicha munosabat bildirildi, uni yanada yaxshilash yuzasidan o‘z takliflarini berishdi. Konferensiya yakunida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: