Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoni va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning 50 nafari ko‘hna Buxoro viloyatining diqqatga sazovar joylarini ziyorat qilishdi.
Hozirgi Buxoro O‘zbekistonning boshqa shaharlari singari eski va yangi shaharga bo‘lingan. Shaharning yangi qismida ma’muriy binolar, maktablar, institutlar va sanoat korxonalari joylashgan.
Ark qal’asi yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo‘lgan. U balandligi 16-20 metr bo‘lgan sun’iy tepalikda qurilgan. Qal’a maydoni qariyb 4 gektar. Odamlar ko‘pincha uni “shahar ichida shahar” deb atashgan, chunki unda odatdagi shaharning hamma narsalari: ko‘chalar, tor ko‘chalar, saroy, masjidlar, ustaxonalar bor bo‘lgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: