Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi va Kengash Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika kengashi raisi M.Xalilova so`zga chiqib yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maruza qildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar adolat tamoyillari qaror topishiga, hayotimiz farovonligining oshishiga xizmat qilmoqda. Bunda, ayniqsa, ishchi-xodimlar manfaatini himoya qiladigan kasaba uyushmalari faoliyati muhimdir.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 11-noyabr kunini “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari kuni to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi besh yarim milliondan ortiq kasaba uyushmalari aʼzolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Joriy yilda “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami Respublikamizda birinchi marta keng nishonlandi.
Bugungi kunda “O‘zkimyosanoat” АJ korxonalarida 170 turdan ortiq kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Taʼkidlash kerakki, tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlariga bo‘lgan ichki va tashqi talabning ko‘payishi O‘zbekistonning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Joriy yilda «Navoiyazot» АJda ikkita zavod – azot kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Faqatgina ana shu ikkita loyiha evaziga ishlab chiqarilayotgan azotli o‘g‘itning tannarxi 30 foizga pasayadi.
2019-yil 28-dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilgan edi.
Bugun polivinilxlorid korxonasining ikkinchi bosqichi qurilishi boshlangan. Muhim tomoni – bu korxona orqali “Navoiyazot” va “Elektr kimyo zavodi” negizida yirik, o‘zaro integratsiya qilingan kimyo klasterini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bu klasterda yaqin yillarda umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 23 ta loyiha amalga oshiriladi. Klaster doirasida 33 turdagi yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Eng muhimi, shu asosda “Navoiyazot”da qo‘shimcha 3 mingtadan ziyod yangi ish o‘rinlari ochiladi.
Respublika kengashi tomonidan ijtimoiy-mehnat sohasiga doir normativ-huquqiy va mehnat manfaatlarini himoya qilish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy, konstitutsiyaviy huquqlari manfaatlariga oid qonunlar, normativ lokal huquqiy hujjatlar loyihalari hamda amaldagilarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Xalqaro va milliy mehnat standartlarini keng targ‘ib etish borasidagi faoliyatini kuchaytirish, O‘zbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalarini ratifikatsiya qilishga har tomonlama ko‘maklashish sohasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirildi.
2021-yilda Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida”gi 187-sonli Konventsiyasi ratifikatsiya qilindi. Konventsiya normalarini amalda qo‘llash bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2021-yilning 24-sentabridan 31-oktabriga qadar, paxta yig‘im-terimi mavsumida Navoiy viloyatida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Monitoring ishlari amalga oshirildi.
Jamoa kelishuvlari va shartnomalari vositasida xodimlarning daromadlari oshirilishiga, ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar natijadorligini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da tarmoqning boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ish va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish, xodimlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga va boshqa yo’nalishlarga jalb etish yuzasidan keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.
Masalan, 2277 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarga maktab o’quvchilari uchun o’quv materiallari, 1483 nafar nogiron va g’amxo’rlikka muhtoj shaxslarga, korxonalarning sobiq xodimlariga bayram arafasida moddiy yordam ko’rsatildi. 1630 nafar kam ta’minlangan yosh oilalar moliyaviy qo’llab-quvvatlandi, kam ta’minlangan oilalar va yetimlarning 406 nafar talabalari o’qish uchun shartnomalar tuzdilar, 413 nafar yosh harbiy xizmatchilar va yosh oilalarga uzoq muddatli tovarlar uchun haq to’lash va uy-joylar qurish uchun foizsiz kreditlar berildi. 988 nafar yosh onalarga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarni parvarish qilish bo’yicha moddiy yordam ko’rsatildi.
Kasaba uyushmalari faollari faxriylarni ham e’tiborsiz qoldirmasdan, doimiy ravishda ularning uylariga tashrif buyurib, moddiy yordam va ma’naviy yordam ko’rsatib kelmoqdalar.
Tarmoq tizimidagi korxonalarda 5000 mingdan ortiq korxona xodimi uchun Respublikaning tarixiy shaharlariga sayyohlik safarlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PQ-3012-sonli Qarori doirasida “O‘zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati va Respublika kengashining qo‘shma qarori asosida “Elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti” tanlovi o‘tkazildi.
Tarmoq tizimidagi korxonalarda xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsientlari jamoa shartnomalariga kiritilgan va nazoratga olingan.
Tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi PF-6279-sonli farmoniga ko‘ra, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omillaridan xoli bo‘lgan, bexatar mehnat sharoitlari yaratib berilishi ustidan kasaba uyushmalarining doimiy jamoatchilik nazoratini tashkil qilish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarining mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish, ishchi-xizmatchilar uchun xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish, jamoatchi vakillar tomonidan olib borilayotgan profilaktik 3 bosqichli nazorat holati sifatini oshirish maqsadida mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari uchun seminarlar tashkil etildi. Bundan tashqari, jamoatchi vakillarni o‘qitish va bilimlarini sinash joylarda muntazam ravishda amalga oshirildi.
Ishlab chiqarishda jarohat olgan xodimlar va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga huquqiy maslahatlar berildi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyalari ishida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligiga oid masalalardagi bilimlar sinovi komissiyalari ishida ishtirok etildi.
Respublika kengashi tomonidan yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasaba uyushmalari faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, salomatliklarini asrash va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalari hamkorligida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Respublika kengashi raisi va boshqa masʼul mutaxassislar ishtirokida joriy yilda Respublika kengashining 2021-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ga ko‘ra tarmoq tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib “Besh tashabbus – besh imkoniyat” loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yoshlarni teatrlarga olib borish, adiblar uy muzeylariga tashrifini tashkil etish, xorijiy tillarni o‘rgatish, kompьyuter savodxonligini oshirish hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida kompьyuter savodxonligi, bazaviy ofis dasturlarida ishlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etib borildi.
Tarmoq tizimidagi korxonalarda o‘zaro yaqindan hamkorlikni tashkil etish, yoshlarning isteʼdodini namoyon qilish, tanlagan kasb va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishini kuchaytirish, iqtidorli yosh mutaxassis va yosh laborantlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Yilning eng faol yosh kimyogari” va “Kimyoviy tahlil laboranti” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.
Mehnat jamoalarida yosh mutaxassislarni mehnat jarayoniga ko‘nikib ketishlari uchun “Ustoz-shogird” tizimini joriy etish bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalarda “Ustoz-shogird” tizimi joriy etilib, doimiy jamoatchilik nazorati olib borilmoqda. Samarali faoliyat olib borayotgan ustozlar korxonalar rahbariyati va kasaba uyushmalari tomonidan rag‘batlantirilib kelinmoqda.
Shuningdek, “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan barcha korxona va tashkilotlarda madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda “Navoiyazot” АJ, “Maksam-Chirchiq” АJ, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ, “Farg‘onaazot” АJ, “Аndijon biokimyo zavodi” АJ kasaba uyushma qo‘mitalari faollik ko‘rsatdilar.
Аyollar va qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish maqsadida korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik” shiori ostida sportning badminton, stol tennisi, suzish, shaxmat va gimnastrada turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan 2021-yilgi yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar tasarrufidagi 6 ta oromgohlarda “Yoz-2021” mavsumi davomida 4380 nafar farzandlarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, pandemiya davrida karantin talablarini inobatga olib 3153 nafar bolalar sog‘lomlashtirildi. Shuningdek, 78 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlari va turli sohalarda mehnat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar farzandlari ham qamrab olindi.
Tarmoq tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar oromgohlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy dam olish maskanlariga aylantirishga qaratilayotgan eʼ’tibor natijasida oromgohlar yildan-yilga yangilanib bormoqda.
Majlisda so`zga chiqqan Kengash a’zolari faoliyat yuzasidan o`zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o`tdilar.
Bir so‘z bilan aytganda tarmoq va tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqilib, mavjud kamchliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi va Respublika kengashi faoliyatining 2022-yilda ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: