Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi institut rahbariyati bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarni moddiy-ma’naviy va huquqiy himoya qilish, yosh olimlarni ilmiy salohiyatlarini oshirish, talabalarni ma’naviy va jismoniy barkamol bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Toshkent kimyo – texnologiya institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti va Yoqilg‘i organik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va yosh xodimlari ishtirokida sport musobqalari bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqasida jamoalar yugurish, uzunlikka sakrash, tosh ko‘tarish va arqon tortish shartlari bo‘yicha bellashdilar. Bellashuv yakuniga ko‘ra NMKT fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Nigora Zulyarova,
TKTI KUQ yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: