Tanlov mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilar mustaqillikning mamlakat va xalq hayotidagi o’rni, erkinlikka hamohang insoniy qadriyat, ezgulik, tinchllik, urf-odatlar, inson huquqini o‘z qo‘lyozmalarida aks ettirishga e’tibor qaratdilar.
Esselar tanlovida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning ishchi – xodimlari ishtiork etishdi. Shunday qilib tanlovning natijalari quyidagicha deb belgilandi:
1 – o‘rin – Yulduz Abduraxmonova – zavod markaziy laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti;
2 – o‘rin – Gulnoza Karimova– kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexi konveyer mashinisti;
3 – o‘rin – Nilufar Rashidova – kutubxonachi;
3 – o‘rin – Ismoil Tangirov – devonxona mudiri;
G‘oliblar korxona tomonidan pul mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: