28-aprel-Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Keling, sogʻlom psixologik-ijtimoiy ish muhitini taʼminlaylik!” mavzusidagi tadbir doirasida seminar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mudiri Gaibnazarova Nodira Bahodirjonovna, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarining mehnat muhofazasi boʻyicha masʼul xodimlari va kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari ishtirok etdilar.



Seminar davomida mutaxassislar tomonidan “Mehnatni muhofaza qilishning yangi davri”, “Raqamli mehnat munosabatlari — mehnatni muhofaza qilishning yangi yoʻnalishlari”, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda mehnat muhofazasi, “KETO loyihasi va korxonada xavfsizlikni boshqarish tizimi”, “Tarmoq tizimida mehnatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar tahlili” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.
Xususan, jamoatchilik nazorati asosida tarmoq tizimidagi korxonalarda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish borasida qator natijalarga erishilganligini alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi, har bir xodim mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan, dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi hamda shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari bilan taʼminlanganligi qayd etildi.
Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan eʼtibor, baxtsiz xodisalarning oldini olish samaradorligi, xodimlar salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar muhokama qilindi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, zamonaviy himoya vositalaridan foydalanish hamda psixologik-ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan oʻzaro tajribalar almashilib, mehnat muhofazasi sohasida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminar dasturiga koʻra, “Navoiyazot” AJ korxonasi hududida masʼul xodimlar tomonidan yongʻin xavfsizligi, fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlarda xavfsiz harakatlanish boʻyicha oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazildi. Shuningdek, seminar ishtirokichlari korxonaning ishlab chiqarish va sexlarida mehnat muhofazasi boʻyicha olib borilatyogan faoliyat bilan yaqindan tanishdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shavkat Toirov
Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: