Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yangi yil bayrami munosabati bilan “Eng chiroyli yangi yil archasi” tanlovi o‘tkazildi. Unda bo‘lim va sexlar xodimlari ijodkorlik, faollik va jamoaviylik namunasini ko‘rsatdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni ishlar boshqarmasi, 2-o‘rinni sog‘lomlashtirish markazi va 3-o‘rinni tog‘-kon majmuasi egalladi.


Shuningdek, tadbirda zavodning markaziy laboratoriyasi, kadrlar bo‘limi va nazorat bo‘limi ham faol qatnashib, yuqori tashkiliy va jamoaviylik namunasini ko‘rsatdi.
Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: