KORXONA XODIMLARI EKOLOGIK AKSIYADA FAOL ISHTIROK ETDILAR

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasi xodimlari tabiatni chiqindilardan himoya qilish bo‘yicha ekologik aksiyada ishtirok etdilar.

Ushbu ekologik aksiyaning maqsadi jamoatchilikning e’tiborini ekologiya bilan bog‘liq muammolarga qaratish va aholini atrof-muhit ifloslanishi bilan kurashish uchun birlashtirishdan iboratdir.

 

Ekologik aksiya davomida korxona atrofidagi hududlar va Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi ko‘chalarda tozalash ishlari olib borildi. Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida, yig‘ilgan chiqindilar saralandi.

Ushbu tadbir orqali korxona xodimlari yana bir bor ona tabiatni saqlash bo‘yicha qat’iy fuqaro pozitsiyasini va ilg‘or ekologik amaliyotlarga sodiqliklarini namoyish etdidilar.

Print Friendly, PDF & Email