“15-fevral — Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Men donorman” xayriya aksiyasida tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ xodimlari navbatdagi xayrli tadbirda faol ishtirok etdilar.
Bemorlar salomatligini mustahkamlash, ularning ertangi kunga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan aksiyada qatnashayotganlar safida oʻzgalar taqdiriga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimiz qatorida kimyogarlarning ham borligi quvonarli.
Qon donorligi oliy qahramonlikdir. Bunday ezgu amal nafaqat muhtoj kishilarga hayot baxsh etadi, balki donor salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: