FAOLLAR NIZOLI VAZIYATLARNI HAL ETISH KOʻNIKMASIGA EGA BOʻLDILAR

Бош саҳифа

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi  tashabbusi bilan “Xodimlarning stressga qarshiligini oshirish va korxonadagi nizolarning oldini olish: psixologik jihatlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati xodimlari, tizimdagi boshlangʻich kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdilar.

         Seminarni “Oʻzingni angla” psixologik xizmat koʻrsatish markazi rahbari Zamira Azimova boshchiligidagi trenerlar jamoasi olib bordi va seminar davomida “Inson psixologiyasi”, “Muomila psixologiyasi”, “Nizolarni boshqarish asoslari”, “Stressni boshqarish asoslari” kabi kasbiy faoliyat uchun muhim boʻlgan mavzularda maʼruza oʻqildi hamda interaktiv uslubda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

         Ishtirokchilar seminar davomida oʻz ish faoliyatlarida hayotiy uchrab turadigan masalalar yuzasidan mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega boʻldilar va kelgusida oʻzlarining tashkilotlarida ham jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan kasaba uyushmalari faollari oʻrtasida bu kabi seminarlarni oʻtkazish yuzasidan mutaxassislar bilan kelishib oldilar. 

 

Print Friendly, PDF & Email