“MAXAM-CHIRCHIQ” AJDA JAMOA SHARTNOMASINING 2025-YILDA BAJARILISHI YAKUNLARIGA BAGʻISHLANGAN KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTDI

Бош саҳифа

Kasaba uyushmalarining oldida turgan asosiy maqsad xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini amalga oshirish va himoya  qilish, korxona,  tashkilot va muassasalarda zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishdan iboratdir. Albatta, bu borada korxonada ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkiloti oʻrtasida tuzilgan jamoa shartnomasining oʻrni katta.

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi korxonalarda jamoa shartnomalari bajarilishi boʻyicha konferensiya va umumiy yigʻilishlar boʻlib oʻtmoqda.

Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida ham jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yakunlariga bagʻishlangan Konferensiya Chirchiq shahar Madaniyat saroyining katta majlislar zalida oʻtkazildi.

Bugungi kunda  “Maxam-Chirchiq” AJda jamoa shartnomasi orqali koʻplab masalalar oʻz yechimini topmoqda va bu nafaqat mehnat munosabatlarini samarali boshqarish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishib olish, shuningdek, mehnat jamoalarining hamjihat boʻlib ishlashlariga imkon yaratib bermoqda.

Konferensiya kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha jamiyat boshqaruvi raisi D.Mannonov korxonaning 2025-yildagi ishlab chiqarish faoliyati va jamoa shartnomasi majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2025-yilda jamoa shartnomasi majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi B.Abdullayev hisoboti tinglandi.

Shuningdek, jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari boʻyicha komissiya dalolatnomasi oʻqib eshittirildi va 2025-yildagi ijrosini bajarilishi qoniqarli deb baholandi.

Korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi barcha munosabatlar jamoa shartnomasi asosida tashkil etilib, bu nafaqat korxonani asosiy ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilashda, balki mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashda, xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda  yordam bermoqda. Shuningdek, jamoa shartnomasida umumiy majburiyatlar bilan birgalikda xodimlar ahvolini yaxshilash, bandligini taʼminlash, ularga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqini taʼminlash masalalari kiritilgan, amalda bajarilishi taʼminlanib kelingan.

Tadbir soʻnggida kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalasida delegatlar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

 

Print Friendly, PDF & Email