“O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI 120 YIL XODIMLAR BILAN” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Fargʻona kimyo zavodi” MCHJda xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvidagi nutqi asosida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xodimlar bilan” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Nargiza Karimova, korxona yuriskonsulti Nasibaxon Maxkamova, xotin-qizlar komissiyasi raisi Xolida Madaminova korxona faxriylari hamda sex kasaba uyushmasi qoʻmitalari raislari ishtirok etdilar

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv kasaba uyushmalari faoliyatida muhim oʻrin tutishi, uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar va bildirilgan fikrlar bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va berilgan imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanish, kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email