YOSHLAR BILAN ISHLASH VA XOTIN-QIZLAR KOMISSIYALARI RAISLARINING MALAKASI OSHIRILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashitomonidan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasida joriy yilning 22-26-sentabr kunlari tarmoq tizimidagi boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining yoshlar bilan ishlash va xotin-qizlar komissiyalari raislarining malakasi oshirildi.

Tinglovchilarga 40 soatlik oʻquv dasturi asosida “Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarida yoshlar bilan ishlash va xotin-qizlar komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi muhim vazifalar” mavzusi doirasida darslar oʻtildi. Jumladan, Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiorining mazmun-mohiyati hamda  “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari, myehnat muhofazasiga oid qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish, narkomaniyani kelib chiqish sabablari va uning bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlar va yoshlarning  huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy savodxonligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro Mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi radikalizm va  ekstremizm gʻoyalari  targʻibotidan asrash kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

Oʻquv dasturiga koʻra tinglovchilarni nazariy olingan bilimlar amaliy mashgʻulotlarda yanada mustahkamlanib, kasaba uyushmalari aʼzolari boʻlgan yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi loyihalar ustida ishlanib takliflar ishlab chiqildi.

Tinglovchilar madaniy tadbirlar doirasida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy koʻrgazmaga olib borildilar.

Oʻquv haftasi yakunida tinglovchilarni egallagan bilimlarini sinovdan oʻtkazish uchun test sinovlari oʻtkazildi.

Test sinovlari yakunida tinglovchilarga “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” NTMning sertifikatlari topshirildi.

 

Shavkat Toirov

Respublika kengashi raisining

 yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email