“AHMAD AL-FARG‘ONIY” SANATORIYASIDA BIR KUNLIK DAM OLISH TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi bayrami munosabati bilan ma’naviy va madaniy tadbirlar tashkillashtirilib kelinmoqda. 

Shunday tadbirlardan navbatdagisi korxonaning 40 nafar  xodimi uchun “Ahmad al-Farg‘oniy” sanatoriyasida bir kunlik dam olish tashkil etildi. Sanatoriyada dam olish davomida sog‘lomlashtirish muoalajalari va xodimlar uchun sportning shashka, shaxmat, stol tennis turlari bo‘yicha musobaqalar  tashkillashtirildi. Musobaqa g‘oliblari uchun korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

Print Friendly, PDF & Email