O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ va Jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eng yaxshi landshaftli bog‘” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga asosan, tanlov komissiyasi joriy yilning 20-avgust kuni mazkur tashabbusda faol ishtirok etgan seh va bo‘limlar barpo etgan “Eng yaxshi landshaftli bog‘” hududlarini baholadilar.
G‘olib deb topilganlar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayrami arafasida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: