“KASABA UYUSHMALARI YOSHLARI – YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI” RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI YUQORI DARAJADA OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mamlakatimiz kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi oldidan “Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” Respublika yoshlar forumi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosatiga oid farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonlariga yanada keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan mazkur anjumanda Respublikamizning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin turli sohalarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etdilar.

Xususan, har bir hududdan 14 nafardan yoshlar Ijtimoiy yetakchilik, Adabiyot va sheʼriyat, Axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar, Tasviriy sanʼat va dizayn, Musiqiy ijod va ijro, Dizayn va arxitektura, Ilmiy tadqiqot va innovatsiya,  Foto va video ijod, Sport va jismoniy faollik, Milliy taomlar va gastronomik turizm, Sogʻlom turmush tarzi va farovon hayot, Kasaba uyushmalari yoshlar harakati yetakchilari yoʻnalishlarida 30 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda, xususan, Yangi Oʻzbekiston universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,  Sogʻliqni saqlash vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida boʻlib, ular faoliyati bilan tanishdilar. Tanishish asnosida yoshlarga sohaning tarixi va Yangi Oʻzbekistonda rivojlanish tendensiyalari, kelgusidagi rejalari, mehnat bozoridagi ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ular uchun mahorat darslari, treninglar, tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar davomida, Forum ishtirokchilari Prezidentimiz rahbarligida Respublikada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlarning amaldagi ifodasi bilan batafsil tanishtirildi. Shu bilan birga yoshlarning innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda startaplarini amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Forum doirasida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, mehnat bozorida munosib oʻrin topish, kasbiy rivojlanish kabi muhim masalalar ham muhokama etilib, tegishli taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi. Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Formu ishtirokchilari 3 guruhga boʻlingan holda trener va moderatorlar rahbarligida har bir yoʻnalish boʻyicha oʻzlarining gʻoya va ishlanmalarini rivojlantirib, taqdimotlarini namoyish etdilar. Taqdimotlar yakunida barcha ishtirokchilarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan maxsus Sertifikatlar va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Forum doirasidagi tadbirlar “Nurafshon” sport arenasida davom etdi va shundan soʻng Kasaba uyushmalari yoshlarining gʻoya, taklif va tashabbuslarini oʻz ichiga olgan Murojaatnomasi qabul qilindi va oʻqib eshittirildi.

Forum yakunida ishtirokchilar uchun sanʼat ustalari va yosh ijrochilar chiqishlaridan iborat gala konsert namoyish etildi.

 

Print Friendly, PDF & Email