Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan haftalik tadbirlari boshlandi.
Shunday tadbirlardan biri tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi tasarrufidagi “Oftobjon” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida va sexlarda tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlab borish maqsadida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati xodimlari hamda jamiyat mutaxassislari “Oftobjon” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida daraxt koʻchatlarini ekdilar.
Shundan soʻng korxona xodimlari ishtirokida “Oʻzbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida turli millat urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan “Milliy qadriyatlar” koʻrik-tanlovi, Zakovat” intellektual oʻyini va “Milliy osh” tanlovi oʻtkazildi.
“Zakovat” intellektual turnirida jamiyat mutaxassislaridan iborat 5 ta jamoa bellashgan boʻlsa, “Milliy osh” tanlovida 5 ta qozonda kimyogarlar tomonidan osh tayyorlandi.
Tadbirlar yakunida faol ishtirokchilar va oromgoh jamoasi bir qator nominatsiyalar boʻyicha Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi haftaligi tadbirlari davom etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: