“CHIMYON” OROMGOHIDA YOZGI MAVSUMGA MUNOSIB TAYYORGARLIK KOʻRILMOQDA

Бош саҳифа

Soʻnggi yillarda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, daraxtzorlar, “yashil bogʻlar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va himoya oʻrmonzorlarini barpo etishga katta ahamiyat qaratilib kelinmoqda.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi  Respublika kengashi  raisi Nigora Alimdjanova, Respublika kengashi apparati xodimlari, “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati vakillari, korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimlari va faollari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona tasarrufidagi “Chimyon” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida tashkil etilgan “Kasaba uyushmasi bogʻi”da 40 tupga yaqin koʻchat ekildi.

Shundan soʻng 2025-yil yoz mavsumi davomida bolalarning dam oldirish va sogʻlomlashtirish ishlariga tayyorgarlik koʻrish hamda mavsumni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan “Chimyon” BSOda olib borilayotgan taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oromgohlarda sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik norma talablariga qatʼiy rioya etilishi hamda bolalarni xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oromgoh  koʻzdan kechirilib mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga zaruriy tavsiyalar berildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari

kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining

yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email