Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va Respublika kengashining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni bayramini nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”ga koʻra “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida tarmoq tizimiga yangi qabul qilingan Xorazm viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Jayxun Invest” MCHJ korxonasi xodimlari uchun Toshkent shahriga 2 kunlik sayohat tashkil etildi.
Sayohat dasturiga koʻra sayohatchilar Hazrati Imom majmuasiga, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga, Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf muzeyi”ga, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga olib borildilar. Xodimlar har bir manzilda Toshkentning qadim tarixiga guvoh boʻldilar va bilimlarini yana bir bor mustahkamladilar. Shuningdek, sayohat davomida poytaxtimiz Toshkentda olib borilayotgan bunyodgorlik ishlari va soʻnggi oʻzgarishlarni koʻrish va yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Sayohatchilarning “Tashkent City” majmuasi va “Magic City” oilaviy koʻngilochar bogʻiga qilgan sayohatlari ham ularning kayfiyatlariga yanada kayfiyat qoʻshdi.
-Biz korxonamiz kasaba uyushmasi aʼzolari bilan ikki kun mobaynida Toshkent shahri boʻylab maroqli sayohat qildik. Korxonamizda kasaba uyushmasini boshlangʻich tashkiloti tuzilganidan xursandmiz,-deydi korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Gulnoza Kutlimuratova. –Respublika kengashi xodimlari bizga kasaba uyushamasi faoliyatini olib borishda yaqindan amaliy yordam koʻrsatib kelmoqdalar. Toshkent shahriga tashkil etilgan mazmunli sayohat uchun Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanovaga va mutaxassislariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
“Jayxun Invest” MCHJ korxonasi xodimlari Toshkent shahri boʻylab tashkil etilgan sayohatdan uzoq vaqt unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: