Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining VII Majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining oʻrinbosari Maxamadaliyev Baxtiyor Xasanovich va tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri Isroilov Kamoliddin Ergashovich ishtirok etishdi.
Majlisni Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna olib bordi.
Majlisda Baxtiyor Maxamadaliyev soʻzga chiqib, bugungi kunda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida gapirib, soʻnggi yillarda olib borilgan amaliy ishlar xalqaro darajada ham munosib baholanib kelinayotganligi oʻz natijasini berganligini, xususan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Federatsiyasiga toʻlaqonli aʼzolikka qabul qilinganligini qayd etib oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar va bunda barcha kasaba uyushmasi xodimlari hamda faollarini faol ishtirok etishga chaqirdi.
Majlis kun tartibiga koʻra, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi oʻrinbosarini saylash masalasi koʻrib chiqildi va Respublika kengashi raisi oʻrinbosarligiga Isoqov Ibrohim Doniyor oʻgʻli saylandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va Majlisga yakun yasaldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: