“SPORT NAFISLIK VA SALOMATLIK MANBAI” SHIORI OSTIDA MUSOBAQALAR O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Farg‘onaazot” AJda mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, musobaqalar doirasida shashka sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ishtirok etish istagini bildirgan jami 40 nafar ayollar  qur’a tashlash orqali juftliklarga bo‘lingan holda o‘ynadilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash sehi sintez apparatchisi Zulhumor Abduraxmonova, 2-o‘rinni Sanitar laboratoriya sehi muhandisi  Irodaxon Yusupova, 3-o‘rinni Nazorat o‘lchov asboblari va Avtomatika sehi NO‘A va A chilangari Odinaxon Maxmudova va 4-o‘rinni esa Soda sehi kimyoviy tahlil laboranti Gulbahor Rahmatullayeva egalladilar.

G‘olib va sovrindorlar kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email