Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Fargʻonaazot” AJda shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan “Ajdodlarni yod etib” mavzusida adabiy-maʼrifiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda “Fargʻonaazot” AJ rahbari Dilshod Mannonov, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Ilxom Abduvoxidov, Margʻilon shahar Musiqali maqom teatri aktyorlari, korxona xodimlari, jumladan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.
Korxona rahbari Dilshod Mannonov tadbir avvalida soʻzga chiqib, Boburning tavallud topgan kuni mamlakatimiz hayotida muhim sana ekanligini, oʻzbek adabiyotshunosi, shoiri va buyuk sarkardasi sifatida Zahiriddin Muhammad Boburdan bizlarga boy badiiy meros qolganligini taʼkidlab, uning yaratgan asarlari, hayotiy yoʻli va davlatimiz tarixida tutgan oʻrnini yoshlarga oʻrgatib borishimiz zarur,-deya aytib oʻtdi.
Teatr aktyorlari korxona xodimlari uchun Boburning hayotidan lavhalar, gʻazallari asosida kuy-qoʻshiqlar va raqslardan iborat sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar. Aktyorlar ijrosidagi Boburning taʼsirli hayot kechinmalari xodimlarni taʼsirlantirmay qolmadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: