Korxonaning yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynidagi rivojlanish yo‘lida faoliyat yuritgan, o‘tmish qiyinchiliklariga qaramasdan zimmasidagi vazifani sidqidildan ado etgan hech bir rahbar va xodimning mehnati unutilmaydi.
Korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Feruza Fayziyeva “Navoiyazot” AJ 60 yilligi tadbirlari doirasida korxonada uzoq yillar mobaynida oddiy xodimdan rahbarlik lavozimigacha ko‘tarilgan marhum Nusrat Soliyev va O‘rin Hasanovlar xonadonida ham bo‘lishdi.
“Navoiyazot”AJning bugungi rivojida sobiq mutasaddilarning o‘rni beqiyos ekanligi, ular tarbiyalagan shogirdlar hozirda ustozlari ishini munosib davom ettirayotganini iftixor bilan tilga olishdi.
Jamiyatning 60 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari va guvohnomalar ularning oila a’zolariga topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: