Tarmoq tizimidagi “O‘zkimyoimpeks” MChJ rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida tashkilotning bir guruh xodimlari uchun 11-noyabr-O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Jizzax viloyatining Zomin tumaniga 2 kunlik sayohat tashkil etildi.
Zomin milliy tabiat bogʻi haqiqatda sayyohlarni o‘ziga maftun qilib qo‘yar darajada go‘zal go‘sha. Har bir sayyoh bu yerda uzoq qolgisi va tabiat mo‘jizalaridan bahramand bo‘lgisi kelaveradi.
Tashkilot xodimlarш bu manzilda sayohat qildilar ham sog‘liklari uchun foyda oldilar. Zominning tandir go‘shtiyu patirlari mazasi og‘izda qoldi.
Ikki kunlik sayohat davomida Sayohatchilar 2,5 kilometrli dor yo‘li va 150 metr balandlikdagi osma ko‘prikdan harakatlanib Zomin tog‘larining go‘zalligiga guvoh bo‘ldilar.
Xodimlar sayohatdan bir olam quvonch va xotiralar bilan qaytdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: