11-noyabr –Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna nomidan tarmoq tizimidagi korxonalarda faol mehnat qilib kelayotgan kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari va faollari tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Navbatdagi taqdirlash marosimi “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” shiori ostida “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasining majlislar zalida boʻlib oʻtdi. Unda Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Shavkat Toirov, Respublika kengashining mehnat huquqi inspektori Aslitdin Xasanboyev va xalqaro masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi Gulbahor Miraxmedova, korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Baxtiyor Abdullayev va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar 11-noyabr –Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami haqida gapirib, bu nafaqat kasaba uyushmasi faollari yoki kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan xodimlarning bayrami, balki butun yurtdoshlarimizning bayrami ekanligini aytib oʻtdilar.
Tadbir davomida joriy yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va “Maxam-Chirchiq” AJ kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi. Shuningdek, korxonaning sex kasaba uyushmasi qoʻmitalari raislari va korxonaning “Madad” jamgʻarmasi faollari soʻzga chiqib kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar maqtovga loyiq ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir yakunida “Maxam-Chirchiq” AJ kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Baxtiyor Abdullayev va bir guruh faollarga Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova nomidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: