MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Xalq farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda ishchi-xizmatchilar uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish” davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi joylarda oʻz ijobiy samarasini berib kelmoqda.  

Har qanday kasb egasi oʻz ish oʻrnining xavfsiz boʻlishini, yetarli sharoit va imkoniyatlarga ega tashkilot, korxona va muassasada faoliyat yuritishni xohlaydi. Ayni talablar toʻla bajarilgandagina mutaxassis kasbining mohir ustasi sifatida shakllana oladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari bilan kasallanishni oldini olish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2017-yil 20-noyabrdagi 8-108 “s” – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomi talablari ijrosini taʼminlash yuzasidan respublika koʻrik-tanlovining II bosqichi tashkil etildi.

Koʻrik-tanlov ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning eʼtiborini mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal etishga qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchi tomonidan xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek, mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida har yili oʻtkazib kelinmoqda.

Hayʼat tomonidan koʻrik-tanlovni oʻtkazish jarayonida amaldagi Nizom talablari doirasida korxonadagi mehnatni muhofaza qilish holati va mehnat sharoiti toʻgʻrisida har bir nominatsiya boʻyicha koʻrik-tanlov qatnashchisi ishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarning bajarilishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha sarflangan mablagʻlar haqida tahliliy maʼlumotlar oʻrganib chiqilib, gʻoliblar aniqlandi. Unga ko‘ra, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi korxona” nominatsiyasi boʻyicha “Andijon biokimyo zavodi” AJ, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi kasaba uyushmasi qoʻmitasi” nominatsiyasi boʻyicha “Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qoʻmitasi, “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil” nominatsiyasi boʻyicha “Navoiyazot” AJ “Ammiak va Karbamid” sehi mehnat muhofazasi boʻyicha vakili Yarkulov Baxodir Shavkatovich, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyasi boʻyicha “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha yetakchi muxandis Muminov Otabek Shuxratovich faxrli birinchi o‘rinni egalladilar.

Koʻrik-tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

          Taqdirlash marosimida Kimyo va farmatsevtika sanoati xhodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna oʻz tabrigi orqali ishtirokchilarga navbatdagi ishlarda muvaffaqiyat tilab, oʻtkazilayotgan bu koʻrik-tanlov  nafaqat tarmoqda balki respublika miqyosida ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz xodisalarni oldini olish, ishchilarga qulay mehnat sharoitlarini taʼminlashda mehnat muhofazasiga eʼtiborni yanada oshirishni taʼkidlab oʻtdi.

Biz, inson xavfsizligi va salomatligini taʼminlash, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda bundan keyin ham izlanishda davom etishni oʻzimiz uchun asosiy maqsad qilib olamiz.

Print Friendly, PDF & Email