YANGI O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!

Бош саҳифа

12-avgust ‒ Xalqaro yoshlar kuni bayrami munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi  hamkorligida  yosh xodimlarga milliy qadriyatlarimizni singdirish va tarixga boʻlgan hurmatini oshirish, mamlakatimizning tarixiy obida va maskanlariga turizm dasturini amalga oshirish maqsadida, korxonaning yosh xodimlari uchun poytaxtimiz Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida xodimlar Amir Temur muzeyi, Toshkent politexnika muzeyi, “Magic CITY” istirohat bog‘i kabi joylarga olib borildilar. Sayohat xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email