XODIMLAR UCHUN INGLIZ TILI BO‘YICHA O‘QUV KURSI ISH BOSHLADI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda malakali kadrlarni tayyorlash, ularning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, korxonadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil uchun belgilangan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida ingliz tili o‘quv kursi tashkil qilindi.

Darslarni malakali pedagog, ingliz tili o‘qituvchisi Yigitali Qarshiyev olib bormoqda. Guruhlar ishchi-xodimlar o‘rtasida taqsimlanib, mashg‘ulotlar haftada ikki marotaba o‘tkazilishi belgilandi.

 Mazkur o‘quv kursi korxonaning xorijiy kompaniyalar bilan aloqlarini mustahkamlash, kadrlar bilim-tajribasini oshirish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email