Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasining majlislar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat: missionerlik‒millat va din kushandasi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishga Farg‘ona shahar hokimiyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi Ilhomjon Xolmatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Ilxomjon Mirzaxmedov, IIB Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi Abrorjon Haydarov, Musulmonlar idorasi vakili Abdunosir Oxunov, Farg‘ona shahar Adliya boshqarmasi xodimi Olloyorxon Abdullayevlar tashrif buyurdilar.
Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov yig‘ilishni ochib berar ekan, jamiyat ma’muriyati tomonidan azal-azaldan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” mavzusiga katta e’tibor qaratib kelinganligini, xodimlarning bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash, turli illatlardan, ayniqsa yoshlarimizni bu kabi qabih harakatlardan saqlash, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratib kelinganligni ta’kidlab o‘tdi. Shu o‘rinda, Vatanimizni yovuz mafkuralardan saqlash barchamizning zimmamizda ekanligini aytib o‘tdi.
So‘ng, soha mutaxassislari o‘zlarining mavzuga oid – missionerlik, uning maqsadi, oqibatlari to‘g‘risidagi ma’ruzalarini jamiyat xodimlariga taqdim etdilar. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Yig‘ilish so‘nggida boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona shahar bo‘linmasi tomonidan mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona yurtga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini qaror toptirish, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirishdagi fidokorona xizmatlari uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: