“Yoshlar oyligi” doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha korxona yosh mutaxassislari ishtirokida musobaqa tashkil etildi.
Bellashuvda yigit-qizlar faol qatnashib, o‘zlari faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish va seh sharafini munosib himoya qilishdi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda 3-o‘rinni 920-seh vakili Yulduz Abdullayeva egalladi.
2-o‘rin 701-seh mutaxassisi Nigora Rahmonovaga nasib etdi.
913-seh xodimi Nozima Ochilova faxrli 1-o‘rin sohibiga aylandi.
Yigitlar ishtirokidagi qizg‘in musobaqa yakuniy natijasiga ko‘ra, 917-seh sharafini himoya qilgan Dilshod Ismoilov 3-o‘rin bilan kifoyalandi.
2-o‘ringa 146-seh xodimi Qobil Abdusalomov munosib topildi.
Hamkasblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan 919-seh mutaxassisi Said Ro‘ziyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: