“DOLZARB 40 KUNLIK” doirasida barcha faol ishtirok etmoqda

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2024-yil 29-mart kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida joriy yilning bahor fasli “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika boʻyicha 125 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan boʻlib, ayni maqsadda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan har bir kasaba uyushmasi tashkilotlari faollari ham bu ishga bosh qoʻshish maqsadida faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

         Kuni kecha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi apparati xodimlari va tarmoq tizimidagi D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali faollari bilan birgalikda institut bogʻiga turli navdagi koʻchatlar oʻtqazildi.

Institut bogʻida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 5 tup kashtan, 41 tup pavloniya 270 tup terak, 30 tup oʻrik 95 tup olma, 15 tup gilos kabi mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu ishlar tajribali bogʻbon nazoratida amalga oshirilmoqda va parvarish qilinmoqda.

            Bugungi kunda tarmoq tizimidagi boshqa korxonalarda ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida  jadallik bilan daraxt va gul koʻchatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email