Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “15-fevral ‒ saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Men donorman” aksiyasi doirasida tarmoq tizimidagi “Fargʼonaazot”AJ xodimlari, jumladan, yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Aksiya doirasida jami 72 nafar xodimlar ixtiyoriy qon topshirdilar, shundan 28 nafarini yoshlar tashkil etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: