Bugun mamlakatimizning barcha go‘shalarida buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni keng nishonlanmoqda, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ham bundan mustasno emas. Joriy yilning 14-fevral kuni korxonaning majlislar zalida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisining 541 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jamiyat tarkibiy bo‘linmalari, Farg‘ona viloyati hokimi maslahatchisi Sohibjamol Abdullayevna Tongotarovaga, Farg‘ona Davlat Universitetining tilshunoslik kafedrasi dotsenti Muxtorjon Umarovich Amonov hamda mumtoz san’at sohiblari qatnashishdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Umida Axundjanova ochib berdi. Muxtorjon Amonov va Sohibjamol Tongotarovalar o‘z nutqlarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayot va ijodi, to‘g‘risida batafsil, maroqli bayon qildilar.
So‘ng korxonaning faol ishchi-xodimlari buyuk alloma qalamiga mansub nasriy asarlardan parchalarni mutolaa qilishdi va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Tadbirda Farg‘ona shahar 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining musiqa o‘qituvchilari Ixtiyor Xasanov, Sodiqjon Axmedov, Otabek Babadjanov, Murodiljon Uliqovlarning milliy musiqa asboblarida Zahiriddin Bobur asarlari bo‘lmish “Gulijamol”, “Sharob-I” “Soqiynomam savti kalon” kabi xalqimizni qalbidan joy olgan musiqiy asarlarning ijrosi va ularga jo‘r bo‘lgan shu maktabning vokal bo‘yicha iste’dodli o‘quvchisi Xonzoda Xomidovaning ashulalari barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: