“Ammafos-Maxam”AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan korxonada uzoq vaqtdan beri samarali ishlab kelayotgan 50 nafar xodimlar uchun “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir.
Samarqandgatashrif buyurgan har bir sayyohni, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari hayratga soladi. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan mahobatli inshootlarini ko‘rib his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol etmoqda.
Sayohatchi xodimlar Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalari bo‘lmish Go‘ri Amir Maqbarasi, Registon maydonidagi majmualar, Ulug‘bek Rasadxonasi, Hazrati Xizr Masjidi, Bibixonim masjidi kabi inshootlari va Samarqandagi yangi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Samarqand bo‘lgan sayohat xodimlar uchun unutilmas va maroqli bo‘ldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: