“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqining “BRZ” MCHJ XK ishchi-xodimlariga mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Alimov mazkur yig‘ilishni ochib bergandan so‘ng Bosh direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan maʼruza qildi.
Yig‘ilishda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan mehnat huquqi inspektori Xasanbayev Aslitdin Jalaletdinovich, ijtimoiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassis Muzapparova Nilufar Alimjanovna, Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Tairov Shavkat Fazilxonovichlar qatnashdilar va Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan tushuntirish olib bordilar hamda korxonada xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va jamoat shartnomasidagi bandlar bilan tanishishdi.
Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
D.Alimov
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK
kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: