“NAVOIYAZOT” AJDA YILNING ENG FAOL YOSH KIMYOGARI ANIQLANDI

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси Корхона янгиликлари

“Navoiyazot” AJda har yili yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z tanlagan kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy bilim darajasini aniqlash, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish va ularning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tatbiq etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida «Yilning eng faol yosh kimyogari» ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Innovatsion va ratsionalizatorlik takliflarini kashf etish maqsadini ko‘zlovchi tanlovning joriy yilgisida ishtirok etish uchun korxonaning 10 nafar tashabbuskor xodimlari tomonidan talabnomalar tushdi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Texnologiyalar, Innovatsiya va mahalliylashtirish, Investitsiya jalb qilish, Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash kabi boshqarma va bo‘limlar rahbar va yetakchi mutaxassislari hakamligi ostida oʻtgan tanlovda yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi loyihalari, ularning ishlab chiqarish hajmi va unumdorligini oshirishdagi ahamiyati hissasi asosiy mezonlardan bo‘ldi.

Hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq, 12/19-sex smena ustasi Shomurod Karimov -Yilning eng faol yosh kimyogari deb topildi. Tanlovning 2-o‘ringa 920-sex bo‘linma boshlig‘i Bahodir Mavlonov, 3-o‘ringa esa 918-sex smena boshlig‘i Abror Aslonovlar loyiq ko‘rildi.

56-sex usta-texnologi Umida Yo‘ldosheva tanlovning yagona ayol ishtirokchisi bo‘lishiga qaramay, uning “Karbamid-formaldegid qatronini ishlab chiqarish va uni qayta ishlashda chang fraksiyasini ushlab qolish jarayonlarini o‘rganish” mavzusidagi taqdimoti hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Gʻolib va sovrindorlar kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Feruza Fayziyeva

“Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Print Friendly, PDF & Email