2023-yilning may oyida O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda Turkiyaning kimyo, neft va rezina sanoati kasaba uyushmasi “Petrol-is” o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Ushbu shartnoma doirasida Turkiya tomonining taklifiga binoan, “Petrol-is” kasaba uyushmasi kengashining yig‘ilishida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To‘xtayev va ijtimoiy hamkor “O‘zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘. Abdullayevlar ishtirok etdilar.
Turkiyaga tashrif chog‘ida avtomobil shinalari va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar va kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdilar.
Aytish kerakki, xalqaro hamkorlik aloqalari tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislarining o‘zaro tajriba almashishlari uchun imkoniyatlar yaratib berayotganligi bilan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: