MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING HUDUDIY BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sportning  mini-futbol turi bo‘yicha “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida  musobaqaning Toshkent viloyati hududiy bosqichi tashkillashtirildi.

Musobaqaga   “Ammofos-Maxam” AJ korxonasi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi mezbonlik qildi.

Baxslarga boy tarzda bo‘ib o‘tgan o‘yin natijalariga  ko‘ra, 1-o’rinni  “Maksam-Chirchiq” AJ jamoasi, 2-o‘rinni  “Ammofos-Maksam” AJ jamoasi va 3-o‘rinni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK jamoasi egalladilar.

 G‘olib jamoalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom, faxry yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email