MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING NAVOIY VILOYATI HUDUDIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “O‘zkimyosanoat” AJ va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida tarmoq korxonalari xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning Navoiy viloyatida o‘tkazilgan hududiy bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlab olindi.

“Navoiyazot” AJ mezbonlik qilgan musobaqa natijalariga  ko‘ra, 1-o‘rinni “Qizilqum Fosforit kompleksi” AJ, 2-o‘rinni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, 3-o‘rinni “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ jamoalari egalladilar. Ushbu natijalar asosida “Qizilqum Fosforit kompleksi” AJ jamoasi musobaqaning respublika-tarmoq bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar “Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email