MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING TOSHKENT SHAHAR HUDUDIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqani o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaror qabul qilingan bo‘lib, hozirda tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, yoshlari va talabalaridan iborat tuzilgan jamoalar o‘rtasida hududiy saralash bosqich o‘yinlari “Sport−salomatlik garovi” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi bosqichi viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 4 ta hududda o‘tkazilib, g‘oliblar yakuniy respublika-tarmoq bosqichida Toshkent shahrida bellashishlari rejalashtirilgan.

 

Kuni kecha Toshkent shahar hududiy bosqichi ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

 

 

Toshkent shahar hududiy bosqichida jami 6 ta korxona jamoalari ishtirok etib, peshqadamni aniqlagan hal qiluvchi, kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda “O‘z TEST” O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat unitar korxonasi jamoasi Toshkent kimyo texnologiya instituti jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, 1-o‘rin va respublika-tarmoq bosqichiga yo‘llanma egasi bo‘ldi.

3-o‘rin «O‘zkimyosanoat»  AJ jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar Respublika kengashi tomonidan diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Respublika-tarmoq bosqichi mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Print Friendly, PDF & Email