Joriy yilning 9 – dekabr kuni “Farg‘onaazot” AJ majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev ochib berdi va o‘z nutqida Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilganligi haqida aytib o‘tdi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda mavzuga oid videoroliklar namoyish qilindi va yoshlar o`z badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. Bayram tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: