Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kasaba uyushma qo‘mitasining jamoa shartnomasi bajarilishi bo`yicha navbatdagi konferensiyasi bo`lib o`tdi.
Konferensiyani jamiyat boshqaruv raisi Oybek Qurbonov ochib berdi. O.Qurbonov va kasaba uyushmasi qo`mitasi N.Ko`chkinovlar o`z nutqida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qilinishi kerak bo`lgan rejalarga alohida to`xtalib o`tdilar.
Shuningdek, konferensiyada jamiyatda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, sport va sog’lomlashtirish ishlari, mehnat muhofozasi, mehnat intizomi, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari, ishchi-xodimlarninng ichki imtiyoz va imkoniyatlari to`g`risida taftish komissiya a’zolari hisobot berdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: