“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ korxonasiga ekskursiya tashkil etildi

Бош саҳифа Янгиликлар

Respublika kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi korxonalar kasaba uyushmalari qo`mitalari raislari uchun o`zaro bilim alamashish va zamonaviy texnologiyalar asosida ish boshlagan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir avvalida Resapublika kengashi raisi M.Xalilova va korxona bosh direktorining iqtisod va moliya masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari O`.Karimov nutq so`zlab zavodni tashkil topishi, faoliyati va kasaba uyushmalari to`g`risida aytib o`tdilar.

 

Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ 2014 – yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori bilan tashkil etilgan. Zavod maydoni 30 gektardan iborat bo’lib, 1200 ish o`rniga mo’ljallangan.Mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish 2018-yil iyul oyida boshlangan.

Tadbir ishtirokchilari korxona mas`ullari hamrohligida zavodda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar va o`zlarini qiziqtirgan ko`plab savollarga javob topdilar.

 

Print Friendly, PDF & Email